"Lester" "Liverpul" futbolchisi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
5 iyun 2020
"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana katta ehtimol mavsum yakunlangan so'ng klubdan ketadi.

Uning "qizillar" bilan tuzgan shartnomasi tugaydi. 32 yoshli futbolchi "Lester" o'yinchisiga aylanishi mumkin, muzokaralar yakuniy bosqichga o'tgan.

"Tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rodjersning shaxsan o'zi Lallanani o'z jamoasida ko'rmoqchi. Qayd etish kerakki, mutaxassis xavbek bilan "Liverpul"da birga ishlagan.

Adam Lallana joriy mavsum mersisaydliklar libosida barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira