"Lester" hujumchisini 13,5 mln evro evaziga ham Saudiya Arabistoni jamoasiga qo'yib yubormadi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018
"Lester" hujumchi Ahmad Musani Saudiya Arabistonining "Al Nasr" jamoasiga berib yubormadi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, arablar Musa uchun 13,5 mln evro taklif qilishgan. Biroq "tulkilar" bunga rad javobini bergan. "Al Nasr" nigeriyalik hujumchi uchun yana bir taklif bilan chiqishga tayyor bo'lib turibdi.

Musa o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida SSKA tarkibida o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports