"Lester" futbolchisi yana bir mavsum Italiyada ijarada o'ynaydi

Alisher
6 may 2022
"Lester" yarim himoyachisi Dennis Prat yana bir mavsumni "Torino"da ijarada o'tkazadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klublar 27 yoshli belgiyalik futbolchining bitimini uzaytirishni muhokama qilishmoqda.

"Torino" Pratni "Lester"dan 2021 yilning avgustida ijaraga olgan edi.

Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsum Turin jamoasi tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira