

“Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddisonga APL grandlari - “Man Yunayted”, “Man Siti” va “Tottenxem” qiziqish bildirayotgan edi. “Tulkilar” esa futbolchini 60 mln funtga baholayotgandi. Ammo Meddison “Lester”da qolishga qaror qilgan va bu haqda klub rahbariyatiga ham ma'lum qilgan.



