"Lester" "Atalanta" yetakchilaridan birini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
7 may 2020
"Atalanta" o'yinchisi Robin Gosens faoliyatini "Lester"da davom ettirishi mumkin.

"Tulkilar" yozgi transferlar oynasida "Atalanta"ning germaniyalik futbolchisi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganib chiqishmoqda.

Robin joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Gosensga APL vakillari orasida "Lester"dan boshqa yana bir klub qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning "Chelsi" klubi haqida ketmoqda.


AlisherMuallif
Manba: 90min.com.