"Lester" 17 yoshli turkiyalik hujumchini xarid qilishi mumkin

"Bursaspor" klubi hujumchisi Ali Akman Faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Fotospor" nashri xabar berishicha, "Lester" mutasaddilari 17 yoshli turkiyalik forvadning xizmatlariga qiziqish bildiryapti. "Tulkilar" umidli futbolchini yozgi transfer mavsumida xarid qilmoqchi.  Ma'lumot uchun, Alining "Bursaspor" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar belgilangan. U Turkiya Superligasining joriy mavsumida 15 bellashuvda maydonga tushib, 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.


Manba: Fotospor