Leroy Sane: "Gvardiola har kuni shogirdlarini yaxshilashga harakat qiladi"

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane Xosep Gvardiolaning o'zi va jamoadoshlariga bo'lgan ta’siri haqida so'zlab berdi.

"U menga sezilarli ta’sir o'tkaza oldi. O'z o'yinimga qo'sha olganim va hozirgi darajamga chiqganim uchun Pepga minnatdorchilik bildiraman. U har kuni bizni yaxshilashga intiladi, bu uning asosiy maqsadi. Biz har doim kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz.

Fikrimcha, APL ayni vaqtda Bundesligadan kuchliroq. Lekin, oradagi farq katta emas. Nemis futbolchilarining ko'rsatayotgan yuqori darajadagi o'yini gapimga misol bo'la oladi, bunda albatta Germaniya chempionati ishtirokchilarining ham o'rni bor", - deya Sanening so'zlarini keltiradi Goal nashri. 

Ma'lumot uchun, 22 yoshli germaniyalik barcha musobaqalarda "Manchester Siti" sharafini  38 uchrashuvda himoya qilib, o'z hisobiga 14 ta gol va 17 ta assist yozdirib qo'yishga erishdi.  


Manba: euro-football.ru