Lempard: "O'tgan safar Lukakuga "Chelsi"da etarlicha imkoniyat berishmagan edi"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Frenk Lempard "Everton" hujumchisi Romelu Lukakuning ko'klar safiga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Romelu nimalarga qodirligini bilaman, chunki u bilan birga o'ynaganman. O'tgan safar Lukakuga "Chelsi"da etarlicha imkoniyat berishmagan. Klubdan ketganidan so'ng, Romelu o'sishga erishdi. Shu sababli "Chelsi"ga qaytish - yaxshi variant. U e'tibor qaratishi kerak bo'lgan yagona jihat, "Chelsi" - futbolchidan ko'prog'ini kutiladigan klub.

"Chelsi" Diego Kosta kabi har mavsum 20 ta gol uradigan futbolchini xarid qilishga urinishiga ishonaman" - deydi Lempard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports