Lempard faoliyatida ilk marta chetlatildi

Mirjalol Normatov
16 sen 2018
"Derbi Kaunti" Chempionshipning 7-turi doirasida "Roterxem"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuv o'tayotgan vaqtda "Derbi" bosh murabbiyi Frenk Lempard texnik zonada zaxira hakami bilan bahslashgani uchun chetlatildi.

40 yoshli angliyalik faoliyatida ilk marta chetlatildi. Frenk ushbu mavsum boshlanishidan oldin jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail