Legionerlarimiz. Sherzod Fayziev jamoasida nima gap?

Оқил Абдубарноев
3 iyul 2022
Xabaringiz bor, himoyachi Sherzod Fayziev o'tgan oy Malayziyaning “Sri Paxang” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bugun “Sri Paxang” Malayziya Superligasi 12-turi doirasida safarda “Terengganu”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. 

Fayziev esa uchrashuvda to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Bu uning yangi jamoasidagi uchinchi uchrashuviga aylandi. 

Ayni vaqtda “Sri Paxang” klubi turnir jadvalida 12 turdan keyin 8 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia