Legionerlarimiz. Sherzod Fayziev jamoasi Kubokdagi yurishini to'xtatdi

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2022
Malayziya Kubogi chorak finalidan o'rin olgan bir qator bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Sherzod Fayziev to'p tepayotgan "Sri Paxang" chorak final doirasida "Penang" bilan kuch sinashdi. Gollarga boy kechgan bahsda "Penang" 5:2 hisobida zafar quchdi va yarim finalga yo'llanma oldi.

Mazkur bellashuvda Fayziev asosiy tarkibda maydonga tushdi va bellashuvni to'liq o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia