Legionerlarimiz. "Sharja" "Al Ayn" maydonidan bir ochko bilan qaytdi. Shukurovdan golli uzatma

7 fev 2020, 23:37
Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 16-turidan o'rin olgan “Al Ayn” va “Sharja” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Unda tomonlar o'zaro 1-1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Bahsning ilk daqiqalarida, yani ikkinchi daqiqada mehmonlar   vakili Lukas Kayo hisobni ochishga erishdi. E'tiborlisi mazkur golda hamyurtimiz Otabek Shukurov assistentlik vazifasini bajardi. Aynan uning ajoyib pasidan so'ng bahsda hisob ochildi. Ushbu o'yinda “Sharja” g'alabaga juda yaqin turgandi. Biroq, hakam hushtagi yangrashiga sanoqli daqiqalar qolganida mezbonlar a'zosi Kodjo Laba Muhsin Abdullaning uzatmasini golga aylantirdi va o'rtadagi muvozanatni tikladi -1:1. 

Eslatib o'tamiz qayd etilgan natijadan so'ng Otabek Shukurov to'p tepayotgan “Sharja” jamoasi 28 ochko to'plagan holda turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasiga joylashdi. 

Keyingi uchrashuvni klub 27 fevral kuni “Al Vasl”ga qarshi o'tkazadi.


Manba: championat.asia