Legionerlar qaydnomadan joy olganidan so'ng kimlar O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibidan tushib qoldi

Khoja
17 apr 2024, 09:45
Bugun O'FA matbuot xizmati O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogiga boradigan tarkibida o'zgarishlar kiritilganini e'lon qildi.

Yangilangan tarkibdan to'rt nafar legioner: Abduqodir Husanov, Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullaev va Ibrohimhalil Yo'ldoshev joy oldi.

Ular dastlab ro'yxatda bo'lgan Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Po'latxo'ja Xoldorxonov va Ahmadullo Muqimjonov kabi futbolchilarning o'rnini egallashdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia