

Oston O'runov harakat qilayotgan "Persepolis" Eron chempionatining navbatdagi turida "Chadormalu" jamoasi mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Ushbu bahsda O'runov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 62-daqiqada zaxiraga olindi.
BAA chempionatida harakat qilayotgan Akmal Mozgovoyning "Baniyas" jamoasi mamlakat chempionatining navbatdagi turida "Al Jazira"ni mehmon qildi va yirik 4:0 hisobida mag'lub bo'ldi.
Mozgovoy ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 2-bo'lib boshida zaxiraga olindi.



