

O'tgan oy Leau "Milan" safida beshta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita samarali uzatma amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, portugaliyalik hujumchi hozirda A Seriyaning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning narxi 70 dan 85 million evroga ko'tarilgan.
"Milan" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Stefano Pioli shogirdlari peshqadam “Napoli”dan 8 ochko ortda qolmoqda.



