

"Chig'atoy" stadionida bo'lib o'tgan musobaqa ikki yosh toifasida o'tkazildi.
2005 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida "Spartak" jamoasi chempion bo'ldi. Ikkinchi o'rinni "Bunyodkor" band etgan bo'lsa, kuchli uchlikni "Paxtakor" yakunlab berdi.
2006 yilda tug'ilgan bolalar orasida "Lokomotiv"ga teng keladigan jamoa topilmadi. Kumush medallar "Paxtakor"ga, bronza medallar "Bunyodkor"ga nasib qildi.



















