Lautaro Martines: "Jahon chempionatida o'zim xohlagandek o'ynay olmadim"

Sherzod Nurmatov
19 dek 2022
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines JCH-2022 finalida Fransiya termasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (penaltilar bo'yicha – 3:3, 4:2) his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu ajoyib. Biz mamlakatimiz tarixida qoldik. Nima qilganimizni hali to'liq anglab yetmadik, lekin tez orada tushunib etsak kerak.

Shaxsan men bir oz xafaman, chunki Jahon chempionatida o'zim xohlagandek o'ynay olmadim. Lekin xursandman, chunki biz bir jamoamiz va bunga birga erishdik.

Juda baxtliman, mamlakatni aytmasa, jamoadoshlarimdan, oilamdan minnatdorman. Ular bizni kutishsin. Keling, barchasini birgalikda nishonlaylik", – dedi Martines.

Argentina terma jamoasi o'z tarixida uchinchi bor futbol bo'yicha Jahon chempionatida g'olib chiqdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports