Laudrup: "Azar bilan gaplashdim, u "Real"ga o'tayotganligini aytdi"

Mirjalol Normatov
14 iyul 2018
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Brian Laudrupning aytishiga ko'ra, Eden Azar "Real"ga o'tadi.

"Bir necha kun oldin Azar bilan gaplashdim. U "Real"ga o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu ikki tomon uchun ham juda foydali.

Rossiyadagi mundialda u "Real"ning yetakchisi bo'la olishini ko'rsatdi", - dedi Laudrup.

Oldinroq "Real" Eden Azar uchun 130 mln evrodan voz kechishga tayyor ekanligi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com