Las-Vegas policiyasi so'roq qilish uchun Ronalduni AQSHga chaqiradi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018, 12:04
Las-Vegas policiyasi amerikalik Ketrin Mayorgani zo'rlash ishi bo'yicha "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni AQSHga chaqirmoqchi.

Oldinroq, 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorga Ronalduni zo'rlashda ayblagan edi. Ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik 2010 yilda qizga jim yurishi uchun 375 ming dollar to'lagan.

"Ish materiallari yo'qolgani yo'q. So'roq qachon bo'lishini bilmaymiz, ammo Ronalduning ko'rsatmalarini olishimiz zarur. Bu jinoyat va uni sodir etganlikda ayblanayotgan insonni eshitishimiz kerak" - deydi Las-Vegas policiya departamenti matbuot kotibi Jakinto Rivera.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Correio de Manha