

"Biz davom etamiz, loyihani men tez-tez gaplashadigan Florentino Peres bilan birga rivojlantiramiz.
Bu Yevropa futbolini qutqarish yo'li. Ochig'i, biz milliy ligalarni barbod qilmasdan, loyihani Yevropa futboli doirasida moslashtirishimiz kerak. Ular biz uchun fundamental ahamiyatga ega.
Biz Yevropa futbolini Yevropa Ittifoqi tashqarisidagi davlatlar qo'liga tushishiga yo'l qo'ya olmaymiz. PSJ va "Manchester Siti"da pul bosadigan uskuna bor va biz bunga qarshi kurashyapmiz.
Nafaqat uch klub ["Barselona", "Real" va "Yuventus"] bizni qo'llab-quvvatlamoqda, balki hozirda jim turgan boshqa klublar ham", - deydi Laporta.



