"Lans" sardori va yetakchisi faoliyatini Al Nassrda davom ettirishga yaqin

Alisher
18 iyul 2023
"Lans" yarim himoyachisi Seko Fofana faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Al Nassr" Kot-d'Ivuar terma jamoasining 28 yoshli futbolchisini sotib oladi. Uning transfer summasi 30 million evrodan kamroq bo'ladi, bu futbolchining francuz klubi bilan shartnomasida tovon puli sifatida belgilangan.

Fofana 2022/23 yilgi mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com