"Lans" Abduqodir Husanov Olimpiadada qatnashishiga ruxsat berdi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024, 14:22
"Lans" markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Parij Olimpiadasida ishtirok etadi.

Championat.asia ma'lumotlariga qaraganda, Liga 1 klubi o'zbekistonlik futbolchining 24 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadigan Olimpiadada qatnashishiga qarshi emas.

"Lans" bu paytda FIFA kunlari emasligi va yig'in olib borishiga qaramay, Husanovga olimpiyachilar bilan birga bo'lishiga rasman ruxsat bergan.

Ma'lumot o'rnida, Timur Kapadze qo'l ostidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia