LaLiganing uch grandiga "Lester" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
25 may 2022
Himoyachi Chaglar Seyunjyu ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Lester"ni tark etishi mumkin.

"As" xabariga ko'ra, turkiyalik himoyachiga "Real", "Barselona" va "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bor. "Real" erkin agent sifatida yozda Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolaganidan keyin unga tandem sifatida Seyunjyu variantini ko'rib chiqqan.

"Barselona" va "Atletiko" esa unga ancha oldindan davogarlik qilayotgandi.

Seyunjyu 2018 yili "Lester" bilan shartnoma imzolagandi. Ayni damda uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As