LaLiga o'yinlari nima qilib bo'lsa ham o'tkaziladi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020
Ispaniya Yuqori sport soveti prezidenti Iren Losano, mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales va LaLiga rahbari Xaver Tebas Primeroning qolgan qismini davom ettirish borasida uchrashuv o'tkazdi.

"Marca" xabariga ko'ra, liganing asosiy homiylari o'yinlarning ohiriga etkazilishi shart ekanligini ta'kidlab o'tishgan. Ushbu uchrashuv 8 soat davom etgan.

Unda tomonlar liganing qolgan o'yinlari tashkillashtirilishi borasida muloqotlar ham olib borishgan, biroq yakuniy qarorga kelinmagan.

Hozircha barchasi mamlakatdagi holatga va hukumatning roziligiga bog'liq bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca