"Lahviya" futbolchisi "Zenit"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2016
Slovakiya terma jamoasi va "Lahviya" yarim himoyachisi Vladimir Vayss faoliyatini "Zenit"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli futbolchi Yevropaga qaytmoqchi va takliflarni ko'rib chiqish niyatida. Vayssga Sankt-Peterburg klubi qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq Vayss "Manchester Siti", "Peskara" va "Olimpiakos" sharafini himoya qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tuttomercatoweb