"Lacio" Yovetich bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
14 iyun 2021
"Monako" forvardi Stefan Yovetich A Seriyaga qaytishi mumkin.

Futbolchining francuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi. U oldin Italiyada "Inter" va "Fiorentina" klublari sharafini himoya qilgan.

31 yoshli chernogoriyalik futbolchi "Lacio" bilan shartnoma imzolamoqchi.

Yovetich o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com