"Lacio" "Sampdoriya" forvardi Damsgor bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
17 dek 2021, 12:35
"Lacio" "Sampdoriya" hujumchisi Mikkel Damsgorga qiziqmoqda.

Rimliklar 21 yoshli daniyalik futbolchi bilan yanvarda shartnoma imzolamoqchi.

"Sampdoriya" o'yinchi bilan 25 million evro evaziga xayrlashishga tayyor, ammo "Lacio" muzokaralar davomida narxni tushirishni rejalashtirmoqda.

Damsgor 2021/22 yilgi mavsum "Sampdoriya" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato