"Lacio" o'z uyida "Kalyari"ni taslim etdi. Mehmonlar o'yinni 9 futbolchi bo'lib yakunlashiga to'g'ri keldi

Omonjon To`xtamirzayev
5 noya 2024
"Lacio" A Seriya 11-turida "Kalyari"ni mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

Bulaye Dia uchrashuvning 2-daqiqasidayoq jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, 41-daqiqada Zito Luvumbo muvozanatni tikladi. G'alaba to'pini Mattia Zakkanya 75-daqiqada penaltidan kiritdi.

Mehmonlar safida, 79-daqiqada ikkinchi sariq kartochkalarini olgani uchun Yerri Mina hamda Mishel Adopo maydondan chetlatildi.

Ushbu g'alabadan keyin 22 ochko jamg'argan "Lacio" 5-o'rinni egallab turibdi, "Kalyari" esa 9 ochko bilan 16-pog'onani band etgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia