"Lacio" o'z futbolchisini 70 million evroga sotmadi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2018
"Lacio" sport direktori Igli Tare yarim himoyach Sergey Milinkovich-Savich uchun 70 mln evro taklif qilishganini aytishdi.

- Yozda bizga 70 mln evrolik taklif tushgandi, ammo Milinkovich-Savichni sotishni istamadik. "Lacio" boshqa klublarga ketish uchun tramplin bo'lishini xohlamaymiz. Futbolchilar "Lacio"da o'ynashni va shu erda qolishni istashlari uchun kurashamiz, - deydi Tare Mediaset Premium nashriga.

Serbiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted", "Real", "Yuventus" va PSJ klublari qiziqib qolishgani haqida xabarlar chiqqandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Mediaset Premium