La Masiya muvaffaqiyati sababchilaridan biri ishdan bo'shatildi
Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018, 16:32
"Barselona"ning uslubiyat bo'yicha direktori Xoan Vila Bosh iste'foga chiqarildi.
Kataloniya klubi sport direktori Pep Segura Boshni ishdan bo'shatdi. 40 yil davomida klubda faoliyat yuritgan mutaxassis La Masiya muvaffaqiyatining sababchilaridan biri edi. U Xavi va Serxio Buskets kabi aqlli futbolchilarni yetishtirib chiqargan.