La Liganing eng keksa o'yinchisi haqida

Tibbiyot va texnologiyalarning rivojlanishi futbolda yosh chegarasini yuqoriga ko'taryapti.

Bundan oldingi kunlar saytimiz o'quvchilariga Fransiya 1-ligasi va Angliya chempionatida to'p tepadigan qariya futbolchilar haqida ma'lumot bergan edik. Bugun esa Ispaniya primerasida to'p tepadigan eng keksa o'yinchi haqida ma'lumot beramiz.

Bu - "Elche" forvardi Xuan Fransisko Martines Modesto yoki qisqacha Nino. U 1980 yilda Ispaniyaning Almeriya provinciyasida tug'ilgan. Futboldagi ilk saboqlarini "Elche" akademiyasida olgan Xuan 1997 yilda katta futbolda debyut qildi. Keyingi faoliyati davomida "Levante", "Tenerife" hamda "Osasuna" jamoalarida to'p tepgan Nino 2016 yilda qadrdon "Elche"siga qaytdi. Tez orada 41 yoshga to'ladigan forvard 11 Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 8 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.

La Ligada qariyalar ro'yxatining 2-pog'onasini "Betis"ning 39 yoshli vingeri Xoakin Sanches egallab turibdi.


Manba: championat.asia