La Ligada dekabrning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2021, 19:40
Ushbu nomga Lionel Messi, Karim Benzema, Mario Ermoso, Jerar Moreno, Xaver Ontiveros va Yago Aspas davogarlik qilgandi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, “Selta” forvardi Aspas g'olib bo'ldi. U o'tgan oy chempionatda 5 o'yinda maydonga tushib, 4+4 natija ko'rsatdi.

Ma'lumot o'rnida, 33 yoshli futbolchi “Real” (0:2)ga qarshi o'tgan bahsda jarohat olgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/LaLigaEN