La Ligada dekabr oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga nomzodlar nomi ma'lum qilindi

Administrator
24 dek 2025
La Ligada oyning eng yaxshi o'yinchisi mukofotiga davogarlar nomi e'lon qilindi.

La Liga dekabr oyining eng yaxshi o'yinchisi mukofotiga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Mukofot uchun 5 nafar futbolchi davogarlik qilmoqda:

Kilian Mbappe ("Real") - maydon bo'ylab 270 daqiqa harakat qilgan, 2 ta gol urgan, paslar aniqligi 84,3 foiz, 12 ta yakkama-yakka kurashda g'alaba qozongan;

Lamin Yamal ("Barselona") - maydon bo'ylab 270 daqiqa harakat qilgan, 2 ta gol urgan, paslar aniqligi 84,8 foiz, 34 ta yakkama-yakka kurashda g'olib chiqqan;

Ionuc Radu ("Selta") - darvozada 270 daqiqa turgan, hech qanday gol o'tkazib yubormagan, paslar aniqligi 57,7 foiz;

Koke ("Atletiko") - maydon bo'ylab 225 daqiqa harakat qilgan, 2 ta gol urgan, paslar aniqligi 90,4 foiz, 12 ta yakkama-yakka kurashda g'alaba qozongan;

Xerman Valera ("Elche") - maydon bo'ylab 251 daqiqa harakat qilgan, 2 ta gol urgan, paslar aniqligi 86,6 foiz, 23 ta yakkama-yakka kurashda g'olib chiqqan.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/LaLiga