La Liga. “Selta” o'z maydonida “Alaves”ni tor-mor etdi, Nolito esa yangi jamoasida ilk golini urdi

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2020
Ispaniya chempionati 30-turi doirasida “Selta” uyda “Alaves”ga qarshi to'qnash kelib, 6:0 natijasi bilan zafar quchdi.

Mezbonlar safida Rafinya dublga erishgan bo'lsa, Jeyson Murilo, Nolito, Yago Aspas, Santi Mina ham o'z nomini tabloga yozdirdi. Aytish joizki, “Alaves” 27-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib harakat qildi. Jarima maydonidagi qo'polligi uchun himoyachi Martin Agirregaribiya qizil olib, maydonni tark etdi.

Ushbu g'alabadan keyin vigoliklar jadvalda 16-o'ringa ko'tarilishdi.

Selta – Alaves 6:0 (4:0, 2:0)

Balaidos

Gollar: 1:0 – 14 Murilo, 2:0 – 20, penalti Aspas, 3:0 – 40 Rafinya, 4:0 – 41 Rafinya, 5:0 – 78, penalti Nolito, 6:0 – 86 Santi Mina.

Selta – Ruben Blanko, Vaskes, Murilo (Aydu, 72), Arauxo, Olasa, Yokushlu (Bradarich, 46), Beltran (Santi Mina, 64), Rafinya (Nolito, 46), Denis Suares, Smolov, Aspas (Mendes, 65).

Alaves – Roberto, Agirregabiria, Laguardia (Eli, 46), Magalyan, Xavi Lopes, Mendes (Rioxa, 83), Sayns (Ximo Navarro, 31), Pere Pons, Feysa, Lukas Peres (de la Fuente, 46), Xoselu (Berk, 59).

Ogohlantirishlar: Lukas Peres (15), Yokushlu (16).

Chetlatish: Agirregabiria (27).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia