

"Ularning [Ispaniya terma jamoasi] yarim finalga chiqishiga umid qilaman. Yevropa chempionati jahon chempionatidan ko'ra qiyinroq turnir, sababi u erda buyuk terma jamoalar o'ynaydi", - deydi Tebas.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionati guruh bosqichida Xorvatiya, Italiya va Albaniya bilan bitta guruhda o'ynaydi. Jamoa 2012 yil Yevropa chempionatida g'olib chiqqan.



