La Liga o'yinlari Meksikada o'tkazilishi mumkin

La Liganing Meksikadagi vakili Nuno Peres-Planing takidlashicha, Liga rahbariyati Ispaniya chempionati o'yinlarini ushbu mamlakatda o'tkazishni rejalashtirmoqda.

“La Liga katta potencialga ega. Biz bu chempionat o'yinlarini bemalol Ispaniyadan tashqarida o'tkazishimiz mumkin. Buning uchun Meks juda qulay variant. Biz La Liga uchrashuvlarini AQSHda muvaffaqiyatli o'tkazganimizdan keyin Meksikada ham bu kabi uchrashuvlarni tashkil etishni reja qilayapmiz. Sababi Meksika va Ispaniyaning madaniyati bir biriga yaqin va bog'liq. Ko'plab meksikaliklar La ligada to'p tepishadi. 

Monterrey va Tixuana  - biz uchrashuvlarni o'tkazishni istayotgan ikki muhim shahar. Ushbu shaharlarda o'yinlarni muvaffaqiyatli o'tkazamiz va barcha noaniqliklarga chek qo'yamiz,” deydi Peres-Pla.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya ligasi Amerikaning Relevent kompaniyasi bilan 15 yillik kelishuvga erishgan. Shartnomaga ko'ra La Liganing bir qator o'yinlari AQSHda o'tkazilishi ko'zda tutilgan.


Manba: Football Espana