La Liga klublari Marsyalning xizmatlariga qiziqish bildirishmoqda

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022
"Sevilya" va "Valensiya" "Manchester Yunayted"ning fransiyalik hujumchisi Antoni Marsyalga qiziqyapti.

Manbaning xabariga ko'ra, Ispaniya klublari qishki transfer oynasida futbolchini sotib olishmoqchi. Eslatib o'tamiz, fransiyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Sevilya" safida ijara asosida o'ynagan va 12 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan edi.

26 yoshli Marsyal joriy mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 2 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes