La Liga klublari 10 kishigacha bo'lgan guruhlarda mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda

Alisher
18 may 2020, 17:15
La Liga klublarda mashg'ulotlar guruh bo'lib davom ettirilishni e'lon qildi.

Futbolchilar endilikda 10 kishigacha bo'lgan guruhlarda mashg'ulotlarni olib borishlari mumkin. Klublarga bugundan shunday tartibda mashg'ulotlar o'tkazishga ruxsat berildi.

"Atletiko", "Barselona" va "Real" kabi La Liga liderlari allaqachon guruh bo'lib mashg'ulotlarni boshlashdi.

La Liga saytining xabariga ko'ra, mavsumning davom ettirilishi iyun oyiga mo'ljallangan, ammo aniq sana hali ma'lum emas.


AlisherMuallif
Manba: laliga.com