La Liga klubi o'z futbolchisini "Krasnodar"ga sotmadi

Alisher
18 dek 2019
"Osasuna" o'z yarim himoyachisi Esekel Avilani "Krasnodar"ga sotmadi.

Oldinroq, klublar 25 yoshli xavbekning transferi borasida muzokaralar boshlagani xabar qilingan edi. Futbolchining agenti Markos Lema Munich futbolchining jamoadan ketmasligini ma'lum qildi.

"Bu futbolchi sotilmaydi", - deydi Munis.

"Osasuna" o'tgan yilning yozida Avilani "San-Lorenso"dan 2,7 million evro evaziga sotib olgan edi.

Avila joriy mavsum 16ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: РИА Новости