La Liga klubi Dani Alves va Marseloni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2022
"Valyadolid" jamoani tajribali futbolchilar bilan kuchaytirish niyatida.

UOL xabariga ko'ra, himoyachilar Dani Alves va Marselo "Valyadolid" qiziqishlari doirasida. Klub prezidenti Ronaldo futbolchilarni qo'lga kiritmoqchi.

Braziliyalikning fikricha, vatandoshlari nafaqat jamoani kuchaytiradi, balki uni homiylar uchun yanada jozibador ko'rsatadi. Ammo bu transferlar amalga oshishi uchun har ikki futbolchi maoshi kamayishiga rozi bo'lishi kerak.

Eslatib o'tamiz, "Valyadolid" La Ligaga tushib ketganidan bir yil o'tib yana La Ligaga qaytdi. O'tgan mavsumda "oq-binafsharanglilar" Segundada 2-o'rinni egallashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UOL