La Liga. Suares debyutidayoq dubl+assistga erishdi va “Atletiko” yirik hisobda yutdi

Eldor Akmurzayev
27 sen 2020, 21:10
Ispaniya chempionati 3-turidan o'rin olgan “Vanda Metropolitano”dagi uchrashuv yakunlandi.

O'yinda mezbonlar 6:1 hisobida zafar quchishdi. Luis Suares 70-daqiqada Diego Kosta o'rniga zaxiradan maydonga tushib, yangi jamoasida muvaffaqiyatli debyut qildi. U dublga erishish bilan birgalikda Markos Lorentening goliga ham assist bo'ldi.

Atletiko – Granada 6:1 (1:0, 5:1)

Vanda Metropolitano

Gollar: 1:0 – 9 Diego Kosta, 2:0 – 47 Korrea, 3:0 – 65 Joau Feliks, 4:0 – 72 Lorente, 5:0 – 85 Suares, 5:1 – 87 Molina, 6:1 – 90 Suares.

Atletiko – Oblak, Tripper, Lodi, Savich, Felipe, Saul, Karrasko (Tomas, 71), Korrea (Vitolo, 77), Koke (Lemar, 77), Joau Feliks (Lorente, 71), Diego Kosta (Suares, 70).

Granada – Ruy Silva, Fulke, Valexo, Dias, Duarte (Xerman Sanches, 84), Aziz, Kenedi (Soro, 60), Errera (Viko, 71), Milya (Eteki, 71), Puertas (Machis, 60), Molina.

Ogohlantirishlar: Duarte (15), Joau Feliks (27), Saul (59), Tomas (74).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia