La Liga. "Atletik" 9 kishi bo'lib qolgan "Kadis"ga yutqazdi, "Sevilya"da g'alaba

2 okt 2020, 01:01
Ispaniya chempionati 4-tur bahslari davom etadi.

Mazkur tur doirasida "Kadis" Bilbaoda mehmon bo'ldi. "San Mames" o'yingohida o'tkazilgan bahs taqdirini Unai Lopesning avtogoli hal qildi. Uchrashuv davomida mehmonlarning 2 futbolchisi maydondan chetlatilgan bo'lsa ham, basklar o'yinda muvozanatni tiklay olishmadi. O'z maydonida "Levante"ni qabul qilgan "Sevilya" esa Yussef En-Nesirining goli evaziga 3 ochkolik bo'ldi.

Turnir jadvali

Atletik – Kadis 0:1

1 oktyabr, 22.00, San Mames

Gol:

0:1 – 57, avtogol Unai Lopes.

Atletik – Unai Simon, Nunes, Berchiche, Kapa (Lekue, 86), Martines, Unai Lopes, Raul Garsiya, Muniain (Sanset, 62), Dani Garsiya (Kodro, 78), Morsilo (Vilyalibre, 46), Uilyams (Visente, 62).

Kadis – Ledesma, Kala, Akapo, Fali Ximenes, Karselen, Yonsson (Xose Mari, 72), Augusto Fernandes (Garrido, 88), Malbashich (Salvi Sanches, 61), Aleks Fernandes (Alexo, 61), Espino, Losano (Negredo, 61).

Ogohlantirishlar:

Akapo (18), Fali Ximenes (41), Vilyalibre (54), Negredo (63), Kodro (79), Martines (83).

Chetlatishlar:

Akapo (48), Negredo (70).

Sevilya – Levante 1:0

1 oktyabr, 22.00, Ramon Sanches Pisxuan

Gol:

1:0 – 90 En-Nesiri.

Sevilya – Bunu, Diego Karlos, Navas, Eskudero, Kunde, Rakitich (Suso, 61), Jordan (Oskar Rodriges, 86), Fernando, Okampos (Vaskes, 86), de Yong (En-Nesiri, 71), Munir (Oliver Torres, 70).

Levante – Fernandes, Son (Miramon, 90), Tono, Duarte, Vezu, Kampanya, Bardi (De Frutos, 62), Radoya (Malsa, 63), Vukchevich, Melero (Postigo, 77), Morales (Roxer Marti, 77).

Ogohlantirishlar:

Vezu (38), Navas (51), Son (76), Okampos (78), Kunde (82), Fernando (83), Diego Karlos (90).


Manba: championat.asia