La Liga. Antonio Ryudiger "Real" safidagi debyut golini urdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 sen 2022
Avvalroq La Liga 5-turi doirasida "Real" - "Malorka" uchrashuvi yakuniga etdi.

Uchrashuv "Real"ning ishonchli (4:1) g'alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollardan biriga germaniyalik himoyachi Antonio Ryudiger mualliflik qildi.

Bu to'p Antonio uchun La Ligadagi va umuman "Real" safidagi birinchi gol bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Ryudiger shu yoz "Chelsi"dan "Real" safiga kelib qo'shilgandi.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia