La Gazzetta dello Sport: Anji Eto’Oni sotishga tayyor

Narzulla Saydullayev
9 avg 2013
Anji o'z hujumchisi Samyuel Eto’Oni sotishga tayyor, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Kamerunlik futbolchini sotib olishga eng asosiy davogarlardan biri Inter bo'lib turibdi.

 Milan klubi vakillari yaqin vaqt ichida Eto’Oning agentlari bilan uchrashishadi.

Eslatib o'tamiz, kamerunlik futbolchi 2011 yil Anjiga aynan Interdan o'tgandi. Futbolchi Rossiya klubida yiliga 20 million evro maosh olmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru