Kyuyt va Larsson bir jamoada ish boshlaydi

Eldor Akmurzayev
26 may 2020
“Liverpul”ning sobiq a'zosi Dirk Kyuyt 2021 yil “Feyenoord” bosh murabbiyiga aylanadi.

Kyuyt mazkur klubning U-19 jamoasi ustozi sifatida faoliyat olib borayotgan edi. Uning murabbiylar shtabiga esa shvetsiyalik Xenrik Larsson qo'shiladi.

Ayni vaqt “Feyenoord” boshqaruvida Dik Advokat ishlamoqda, u klub bilan kelishuvni 2021 yilning yoziga qadar uzaytirgan edi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin tugatildi. “Feyenoord” esa musobaqani 3-o'rinda yakunladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: De Telegraaf