KXDR terma jamoasi JCH-2022 saralashini davom ettira olmaydi

Narzulla Saydullayev
3 may 2021
KXDR milliy terma jamoasi OFK va FIFAga JCH-2022 saralashini pandemiya tufayli davom ettira olmasligini ma'lum qilib xat yo'lladi.

Bu degani KXDR terma jamoasiga qolgan uchta o'yinda 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yoziladi. Janubiy Koreya va Turkmaniston terma jamoalari o'yin o'tkazmay yirik hisobdagi texnik g'alabalarga erishishadi.

Quyidagi jadvalda hali texnik g'alabalar qo'shilmagan. Shri Lanka, Janubiy Koreya va Turkmaniston terma jamoalariga 3 ochkodan qo'shib qo'yishingiz mumkin. Bu borada rasmiy xabar yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi. Bundan tashqari, Turkmaniston terma jamoasi guruhning qolgan o'yinlari markazlashgan holda o'tadigan Janubiy Koreyaga yetib bora olmasligi ham mumkin", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia