Kvaratsxeliya, Yamal, Zommer - UEFA Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi jamoasida

Alisher Ostonov
8 may 2025
Yevropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy akkauntida Chempionlar ligasi joriy haftasining eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani taqdim etdi.

Darvozabon: Yan Zommer ("Inter").

Himoyachilar: Ashraf Xakimi (PSJ), Markinos (PSJ), Franchesko Acherbi ("Inter"), Jerar Martin ("Barselona").

Yarim himoyachilar: Nikolo Barella ("Inter"), Frenki de Yong ("Barselona"), Fabian Ruis (PSJ).

Hujumchilar: Lamin Yamal ("Barselona"), Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ), Lautaro Martines (Inter).


Chempionlar ligasi finalida PSJ va "Inter" o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv 31 may kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: uefa.com