Kutilmagan transfer?! "Manchester Siti" xavbeki "Liverpul"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

Mersisayd klubi so'nggi haftalarda Aleksis Makkalister hamda Dominik Soboslaining transferini amalga oshirdi. Endi jamoa yarim himoya chizig'ida yana bir yangi futbolchi paydo bo'lishi mumkin.

"Liverpul" futbolchisi Fabino yaqin vaqtlar ichida "Al Ittihod"ga o'tishi kutilmoqda. Shu sababli klub uning o'rniga yarim himoyachi izlamoqda. O'tgan mavsum zaxira futbolchisi sifatida treblga erishgan Fillips esa "Liverpul"da Fabinoning o'rnini bosishi mumkin.

Shu sababli ikki klub o'rtasida muzokaralar boshlanib ketgan. The Athletic ma'lumotiga ko'ra, Romeo Laviya, Sofyan Amrabat va Rayan Gravenberx kabi futbolchilarning nomzodi ko'rib chiqilgan, biroq ularja "Enfild"ga borish rejasi bo'lmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic