Kuritibadagi stadion hali ham Jahon chempionati o'yinlarini qabul qilishga tayyor emas

Tolibjon Qosimov
7 iyun 2014
Braziliya matbuotining ma'lumotlariga ko'ra, Jahon chempionatiga bir hafta qolganda Kuritibadagi “Bayshad Arena” Jahon chempionatiga tayyor emas va FIFA uchrashuvlarni boshqa shaharga ko'chirishi mumkin.
Kuritiba maydonidagi ilk uchrashuv 16 iyun kuni Eron va Nigeriya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bu arenada bor yo'g'i guruhning 4 o'yini o'tishi belgilangan. Stadion tayyorgarlik rejasidan ortda qolib ketyapti va bazi bir qismlarni tayyorlash uchun hattoki bir necha hafta kerak.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com