

So'nggi paytlarda jamoa ketma-ket beshta o'yinda g'alaba qozonmaguncha sochini oldirmaslikka vada bergan "Manchester Yunayted" muxlisi Frenk Ilett haqida futbolchilarning o'ziga qaraganda ko'proq gapirilmoqda. "Qizil iblislar" hujumchisi Mateus Kunyani bu ancha bezovta qilyapti.
"Odamlar 15 ochkodan ko'ra uning soch turmagi haqida ko'proq xavotir olyapti. Men esa 15 ochko tarafdoriman, uning sochi esa menga umuman qiziq emas. Kiyinish xonasida bazan bu mavzu haqida gap ochamiz, lekin bu biz uchun alohida motivaciya emas.
Biz buni zo'r narsa deb hisoblamaymiz. Bu beshta yoki undan ko'proq g'alabani bizdan ko'proq hech kim istamaydi. Uning sochi bilan bog'liq bosim ushbu mavsum olib kelishi mumkin bo'lgan go'zallikni biroz soya ostida qoldiryapti", – dedi Kunya.




